
Namangan San`at
kolleji 2000 yilda rekonstruktsiya qilinib, O`zbekiston Respublikasi
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`rta maxsus,
kasb-xunar ta`limi Markazining 2000 yil 27 oktyabrdagi
¹215G`1-sonli buyrug`i asosida kollej maqomi berilgan....
[batafsil..] |
| |
Bugun ertalab iste'dodli aktyor, O'zbekistonda xizmat
ko'rsatgan artist, teatr va kino aktyori Jamshid Zokirov
hayotdan ko'z yumdi.
JAMSHID ZOKIROV (1948-2012) -

Rafiqasi Gavhar Zokirova bilan Jamshid
aka O'zbekiston Milliy teatrida eng yaxshi duetlardan
birini yaratdi. U turli xarakterdagi rollarni ijro eta
oladigan aktyor edi, ham dramatik, ham komedik va o'tkir
xarakterli rollarni birday o'ynardi.
Jamshid Zokirovning yaqinlari va
qarindoshlariga o'z hamdardligimizni bildiramiz.
Bugun uzoq davom etgan og'ir
xastalikdan so'ng O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist
Jamshid Zokirov bu yorug' olamni tark etdilar.
Jamshid aka ochiq ko'ngil, birovning qalbiga zarra ozor
bermaydigan qalbi daryo inson edilar...
[batafsil...]
[07.04.2012]
|
| |
27 MART – XALQARO TEATR KUNI
BAYRAMINI
27 mart – Xalqaro teatr kuni 1961 yili YuNESKO
huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan
Avstriyaning Vena shaxrida bo'lib o'tgan IX
kongressida ta`sis etilgan edi. Hozirgi kunda
jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27 mart
kuni teatr san`ati xodimlarining kasb bayrami
sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
[batafsil...]
[26.03.2012]
|
| |
|
PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING NAVRO‘Z BAYRAMIGA
BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI TABRIK SO‘ZI
Muxtaram
yurtboshimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov yurtimizning
barcha fuqorolarini o'lkamizga kirib kelgan
baxorning, xalqimizning azaliy bayramlaridan"Navrozi
ayyom" bilan tabrikladi. quyida ushbu tabrik ning
batafsil matni keltirilgan.
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar!
Tabiat uyg‘onib, bahor nafasi tobora kuchayib, ona
zaminimiz yashil libosga burkanib borayotgan shu yorug‘
va munavvar kunlarda siz azizlarni, sizlarning
timsolingizda butun O‘zbekiston xalqini yurtimizga kirib
kelayotgan Navro‘zi olam – yangilanish va yasharish
bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan
baxtiyorman.
[batafsil...]
[22.03.2012] |
| |
Navro'z muborak aziz vatandoshlar!!!
Aziz
yurtdoshlar! Namangan San'at kolleji ma'muriyati
Sizlarni milliy bayramlarimizdan biri bo'lgan "Navro'z"
bayrami chin dildan muborakbod etadi.
NAVRO’Z
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Hammani go'zallik va
yangilanish bayrami bilan Haqida.uz ma'muriyati
muborakbod etadi.
Bahor kabi beg'uborlik hamda ko'tarinkilik hech
qachon sizni tark etmasin!!!!
[20.03.2012]
|
| |
|
8-mart halqaro xotin-qizlar bayrami...

Bugungi «8-mart» bayrami bilan, barcha
opa-singillarimiz, onajonlarimizni kollej ma`muryati
tomonidan chin yurakdan tabriklaymiz. Sizlarga
sog`-omonlik, tinchlik-hotirjamlik, ishlaringizga ulkan
zafarlar tilab qolamiz! Doimo kulub yuring aziz ayollar!
SIZLAR BORKI BIZGA BOR XAYOT,
SIZLARSIZ KUNIMIZ ZULMAT,
XAMMANGIZ ASLI DUR JANNAT,
MUBORAK BO'LSIN 8 - MART!
AZIZ OPA SINGILLAR BAYRAMILA MUBORAK
BO'LSIN,
XAMISHA KO'NGLINGIZ QUVONCHGA TO'LSIN.
[07.03.2012]
|
| |
|
“O'ZBEKISTON TABIATI VA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY
HUDUDLARI” FOTO KO'RGAZMASI
15
mart Navro'z bayrami munosabati bilan O'zbekiston
Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
tasarrufidagi O'zbekiston Davlat tabiat muzeyida
“O'ZBEKISTON TABIATI VA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY
HUDUDLARI” foto ko'rgazmasi tashkil etilmoqda.
Fotoko'rgazmada mamlakatmizning ajoyib
tabiat manzaralari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlari
tasvirlangan.O'zbekiston Davlat tabiat muzeyi hamda
“EKOSAN” xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda suv
tanqisligi muammosi, iqlim o'zgarishi, Orol dengizining
qurishi muammolariga bag'ishlangan fotoko'rgazmaga
tayyorgalik ko'rilmoqda.
Madaniyat va sport ishlari
vazirligi matbuot xizmati
[05.03.2012]
|
| |
|
"Mustahkam oila yili"ga bag'ishlangan
konsert
Shu
yilning 24 fevral kuni Namangan san'at kolleji kichik
konsert zalida Fortepiano kafedrasi o'qituvchilari
Abdusattarov S va Burnasheva G. lar rahbarligida "Mustahkam
oila yili" ga bag'ishlangan konsert bo'lib o'tdi.
Unda Fortepiano yo'nalishi talabalari o'zlarinig ijod
namunalaridan barchani baxramand qilishdi. Bundan
tashqari ushbu kosert dasturida boshqa yo'nalish
kafedralari tarbiyalanuvchilari o'zlarinig chiqishlari
bilan barchani hushnud qilishdi.
[25.02.2012] |
| |
|

|