|

Kollej direktori
-
YUsupova Nortoji CHonaevna
1955 yilda tug'ilgan, millati o'zbek, ma`lumoti oliy,
1980 yil, Toshkent Davlat konservatoriyasini Orkestr
dirijyori, o'qituvchi, yakkanavoz sozanda mutaxassisligi
bo'yicha tamomlagan, Namangan San`at kolleji direktori
O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar
mkurabbiysi
YUsupova Nortoji CHonaevna 1992 yildan buyon Namangan
viloyat hokimligining madaniyat va sport ishlari
boshqarmasi tizimidagi Namangan San`at kollejida ishlab
kelmoqda.
2004 yilda “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan
yoshlar murabbiysi” unvoni bilan mukofotlangan. U
nafaqat shahardagi balki viloyatda eng tajribali,
malakali, fidoiy, mehnatsevar kollej direktorlaridan
biri hisoblanadi.
U shu yillar mobaynida butun kuch-g'ayratini o'quv yurti
moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, malakali
mutaxassislar tayyorlash, “Ta`lim to'g'risida”gi qonun
va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga keng
tadbiq etish ishlariga qaratib kelmoqda. Jumladan,
1999-2000 o'quv yilida bilim yurtini kollejga
aylantirilishidagi qayta ta`mirlash ishlarida u
kishining San`at kollejini o'ziga xos xususiyatlarini
xisobga olgan holda bergan maslaxat va ko'rsatmalari
asosida jaxon andozalariga mos 400 o'rinli o'quv binosi,
200 ta o'rinli o'quvchilar turar joyi, 300 o'rinli katta
kontsert zali, 120 o'rinli kichik kontsert zali to'la
qayta ta`mirlandi hamda yangi “Xoreografiya” o'quv va
mashg'ulot binosi xozirgi zamon talabiga mos ravishda
qurib bitkazildi. Uning sayi xarakatlari bilan 2011 yil
kollejning fasad qismi to'la ta`mirlanib, o'quv
xonalarining romlari zamonaviy akfa romlariga
almashtirildi. Namangan shahrining shaharsozlik asosida
qayta qurish munosabati bilan kollej o'quvchilar
oshxonasi buzilib ketgan edi, uning tashabbusi bilan
yangitdan 80 o'rinli o'quvchilar oshxonasini qaytadan
qurib bitkazilmoqda. 2012 yilda 200 o'rinli o'quvchilar
turar joyi kapital ta`mirlashga rejalashtirilib, barcha
smeta loyixa ishlari yakunlanib tasdiqdan o'tkazildi va
yaqin kunlarda ta`mirlash ishlari olib boriladi.
Hozirgi kunda kollejda 4 nafar Davlat mukofoti sohibi, 3
nafar “O'zbekiston Respublikasi o'rta maxsus, kasb-hunar
ta`limi a`lochisi”, 61 nafar oliy toifali va o'nlab yosh
malakali mutaxassis o'qituvchilar faoliyat ko'rsatib
kelmoqdalar.
Uning tashabbusi bilan viloyatlardagi turdosh o'quv
yurtlari orasida birinchilardan bo'lib “Aktyorlik
san`ati”, “Dizayn”, “Estrada xonandaligi” bo'limlari
ochilib, faoliyat ko'rsatmoqda. Ayniqsa, “Milliy
xoreografiya san`ati”, “Milliy estrada san`ati”,
“An`anaviy xonandalik”, “Aktyorlik san`ati” kafedralari
juda keng rivojlandi. Terrorizmga va yoshlar o'rtasida
giyohvandlik, odam savdosi va jinoyatchilikka qarshi
kurash mavzularida kollejning “Aktyorlik san`ati”
kafedrasi o'quvchilari tomonidan 2005 yil “Ajal
darvozasi”, 2006 yil “Yigit yig'lamasin dunyoda”, 2007
yil “Zaharli tomchi”, 2008 yil “Bozorning beozor
bolalari”, 2010 yil viloyat MHX xodimlari bilan
hamkorlikda “Qabohat” spektakllari sahnalashtirilib,
nafaqat viloyatda balki Andijon va Farg'ona
viloyatlaridan tashrif buyurgan ilg'or, fidoiy o'quvchi
yoshlarga ham namoyish etildi.
Iqtidorli o'quvchilarni Respublika tanlovlariga olib
chiqish va o'quvchilarni oliy o'quv yurtlariga kirib
o'qishlariga puxta zamin yaratib kelmoqda. O'quvchilarni
har 2 yilda bo'ladigan o'rta mahsus musiqa va san`at
o'quv yurtlari Respublika tanlovlarida ishtiroki
muntazam ta`minlanmoqda.
O'zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari
vazirligi tomonidan 2005 yilda Buxoro va Qarshi
shaharlarida o'tkazilgan yosh ijrochilarning
XVIII-Respublika tanlovida kollejdan jami 13 nafar
o'quvchi ishtirok etib, shundan 11 nafari g'oliblikni
qo'lga kiritgan. SHuningdek, 4 ta birinchi o'rin, 4 ta
ikkinchi o'rin, 3 ta uchinchi o'rinni egallashga
muvaffaq bo'lishdi. 2007 yil may, iyun oyida Toshkent
shahrida o'tkazilgan O'zbekiston madaniyat, san`at va
musiqa kollejlari hamda akademik litseylar yosh
ijrochilarining Respublika tanlovida kollejdan
yo'nalishlari bo'yicha 15 nafar o'quvchi ishtirok
etib 1 ta oliy (Gran Pri), 3 ta birinchi, 3 ta ikkinchi,
3 ta uchinchi o'rinlarni egallashga muvaffaq bo'lishdi.
2009 yilda Qarshi shaharlarida o'tkazilgan yosh
ijrochilarning XIX-Respublika tanlovida kollejdan jami
18 nafar o'quvchi ishtirok etib, shundan 11 nafari
g'oliblikni qo'lga kiritgan. SHuningdek, 3 ta birinchi
o'rin, 5 ta ikkinchi o'rin, 3 ta uchinchi o'rinni
egallashga muvaffaq bo'lishdi. 2011 yil 1-10 may kunlari
Samarqand shahrida o'tkazilgan Madaniyat, san`at va
musiqa kolleji hamda akademik litseylari yosh
ijrochilarining XX-Respublika tanlovida kollejdan jami
22 nafar o'quvchi ishtirok etib, shundan 11 nafari
g'oliblikni qo'lga kiritgan. SHuningdek, 3 ta birinchi
o'rin, 4 ta ikkinchi o'rin, 4 ta uchinchi o'rinni
egallashga muvaffaq bo'lishdi. YUqoridagi barcha
birinchi o'rinni egallagan o'quvchilar Diplom,
laureatlik unvonlariga ega bo'ldilar va soxalari
bo'yicha O'zbekiston Davlat konservatoriyasi, San`at
instituti, Xoreografiya Oliy maktablariga imtiyozli
o'qishga kirishni qo'lga kiritdilar.
“O'zbekiston madaniyati va san`ati forumi” jamg'armasi
hamda “Kamolot” YOIX Markaziy Kengashi tomonidan 2005
yilda o'tkazilgan Respublika “Kelajak ovozi” mega
tanlovida 1 nafar o'quvchi, 2007 yilda esa mazkur
tanlovda 4 nafar o'quvchilar, 2008 yilda 3 nafar
o'quvchi, 2009 yilda 1 nafar o'quvchi g'oliblikni
qo'lga kiritishdi. 2010 yilda 2 nafar o'quvchi jami 11
nafar o'quvchi ushbu tanlov g'olibi bo'ldi. 2008 yilda
g'olib bo'lgan o'quvchilar oliy o'quv yurtlariga
imtiyozli o'qishga kirish huquqiga ega bo'ldilar.
2003-2006 o'quv yilida Xitoylik 3 nafar talaba mazkur
kollejda o'z bilim va malakasini oshirib, hozirda 1
nafari O'zbekiston Davlat konservatoriyasi
magistraturasida taxsil olmoqda. 2007-2010 o'quv yilida
1 nafar Xitoylik talaba shartnoma asosida taxsil olib u
ham O'zbekiston Davlat konservatoriyasining 2-bosqich
talabasi.
Uning raxbarligida yilning muhim sanalariga bag'ishlab
tayyorlanayotgan tadbirlar, jumladan, shaxar, viloyat va
Respublika miqyosida o'tkazilib kelinayotgan
“Mustaqillik” va “Navro'z” bayramlarida kollejning 120
nafardan ortiq o'quvchilari muntazam ravishda
muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
SHu bilan birga 2007 yil va 2009 yil Samarqand shahrida
o'tkazilgan “SHarq taronalari” xalqaro musiqa
festivalida xam kollej o'quvchilari muvaffaqiyatli
ishtirok etib qaytdilar. 2009 yil “Puflama va zarbli
cholg'ular orkestri” Toshkent shahrida bo'lib o'tgan
Respublika ko'rik tanlovida ishtirok etib 1 o'ringa
sazovor bo'ldi. 2010-yil “Xor dirijyorligi”
kafedrasining o'quvchilar xori, O'zbekiston Respublikasi
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika xalq
ijodiyoti va madaniy ma`rifiy ishlar ilmiy-metodik hamda
axborot markazi tomonidan Bolalar va o'smirlar xor
jamoalarining Respublika ko'rik-festivalida ishtirok
etib, 1-o'ringa sazovor bo'ldi.
2010-yil Dizayn kafedrasi 3-bosqich talabasi
Muxammadaliev Olimxon O'zbekiston Badiiy Akademiyasi
O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus kasb-hunar
ta`limi Vaziriligi O'zbekiston Respublikasi madaniyat va
sport ishlari Vaziriligi. Tasviriy va amaliy san`at
hamda dizayn yo'nalishidagi o'rta maxsus ta`lim
muassasalari bitiruvchi ijodkor yoshlari Respublika
ko'rik tanlovida ishtirok etib 1-o'rinni qo'lga kiritib,
Kamoliddin Bexzod nomidagi Respublika rassomchilik va
dizayn institutiga grant asosida imtiyozli o'qishga
qabul qilindi.
2010-yil 27-noyabrdan 5-dekabrgacha Tailandning Bankok
shaxrida o'tkazilgan IFMA “Faxriy qirol tavalludining 83
yilligiga” bag'ishlab o'tkazilgan Muaytay bo'yicha
o'smir yoshlar o'rtasida jaxon chempionatida “Aktyorlik
san`ati” kafedrasi 3-bosqich o'quvchisi Nuriddinov Umid
bronza medali soxibi bo'ldi.
N.YUsupova 2008 yilda O'zbekiston Madaniyati va san`ati
forumi tomonidan “Pedagogik grant 2008” g'olibi deb
topilgan.
U Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati
O'zbekiston
liberal demokratik partiyasi a`zosi.
Mehnat faoliyati mobaynida ko'plab shogirdlarga ustozlik
qilgan. U kollejning o'quv tarbiyaviy ishlarini zamon
talabi darajasiga ko'tarib, jamoani jipslikda boshqarish
bilan birga o'quvchi yoshlarning intellektual
salohiyatini shakllantirib berishga, ona yurtiga
sadoqatli va komil inson qilib tarbiyalashga butun
diqqat e`tiborini qaratib kelmoqda.
Ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo'yicha direktor
o'rinbosari - Ashirov YUsubjon Darvishevich

1956 yilda tug'ilgan. millati o'zbek, ma`lumoti oliy
1978 yil Toshkent Davlat Universitetini tamomlagan.
Ma`lumoti bo'yicha tarix va jamiyatshunoslik
mutaxassisligiga ega.
Ashirov YUsubjon Darvishevich 1997 yildan Namangan
san`at kollejida ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo'yicha
direktor o'rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.
Umumiy pedagogik mehnat faoliyati 34 yil.
Ashirov YU.D pedagog kadrlarning salohiyati va sifatini
oshirish borasida o'qituvchilar uchun o'tkaziladigan
ma`naviyat soatlarida turli mavzularda ma`ruzalar bilan,
guruh rahbarlariga ma`naviyat soatlari mavzulari va
matnlarini tayyorlashda o'zining uslubiy yordamini berib
kelmoqda.
Viloyatdagi barcha tuman bolalar musiqa va san`at
maktablari hamda shahar miqyosidagi bir necha umumta`lim
maktablari bilan aloqani muvofiqlashtirishda, har yili
may oyida o'tkaziladigan Ochiq eshiklar kuni, Musiqa
xaftaligi kunlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Namangan viloyat hokimligining Madaniyat va sport
ishlari boshqarmasi, viloyat xalq ta`limi boshqarmalari
bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. Kollejni
bitirayotgan o'quvchilarni Davlat attestatsiyalariga
tayyorlashda ularning kasbiy yo'nalishlari bo'yicha
o'quv amaliyotlariga chiqarishga, kasbiy xususiyatlardan
kelib, chiqib xisobot kontsertlarini tayyorlashda,
bitiruv kechalarini tantanali o'tkazishda o'zining
tashkilotchiligi bilan ajralib turadi.
Ashirov YU.D kollejda iste`dodli, iqtidorli
o'quvchilarni har bir guruhdan saralab olib, guruh
rahbarlari bilan xamkorlikda ishlashga alohida e`tibor
berib keladi. O'rta maxsus musiqa va san`at o'quv
yurtlarining Respublika tanlovlariga, Kelajak ovozi,
Zulfiya nomidagi, Nihol Davlat mukofotlariga, Eng
iqtidorli mutaxassis, Eng mahoratli kasb egasi va
boshqa tanlovlarga o'quvchilar doimiy ravishda
tayyorlanib borishida faol ishtirok etib keladi.
Kollejda faoliyat yuritayotgan “Kamolot” YOIXBT,
Psixolog, Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini
muvofiqlashtirib borishda va kollejda tashkil etilgan
“Fidoyi yoshlar klubi” tomonidan turli yo'nalishlarda
olib boriladigan tadbirlarni o'tkazilishida bosh-qosh
bo'lib keladi.
Ashirov YU.D kollejda o'tkaziladigan yilning muxim
sanalariga bag'ishlangan va boshqa turli
ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar uyushtirish va
o'tkazilishida faol ishtirok etib kelmoqda.
Kollej Axborot-resurs markazi faoliyatini yanada
yaxshilash, yangi siyosiy va badiiy adabiyotlardan
o'qituvchi va o'quvchilarning samarali foydalanishiga
yordam berib kelmoqda.
O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari - Ubaev
Nurdinxoja Xojaxanovich

1967 yilda tug'ilgan, o'zbek, ma`lumoti oliy, 1993 yil
A.Qodiriy nomidagi Toshkent Madaniyat oliygohini
tamomlagan, ma`lumoti bo'yicha Madaniy ma`rifiy ishlar
xodimi, havaskorlik puflab chalinadigan cholg'u
orkestrining raxbari mutaxassisligiga ega.
Ubaev Nurdinxoja Xojaxanovich 1999 yildan buyon Namangan
viloyat xokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi
tizimidagi Namangan San`at kollejida o'quv ishlari
bo'yicha direktor o'rinbosari vazifasida ishlab
kelmoqda.
U ish faoliyati davomida intizomli, talabchan, o'z
ishining ustasi, yaxshi mutaxassis sifatida faoliyat
ko'rsatib kelmoqda. YAxshi mutaxassis sifatida 9-sinf
bitiruvchilarini kasb-hunarga qamrab olish maqsadida
kolejda qabul jarayonini tashkillashtirishda viloyatdagi
barcha tuman bolalar musiqa va san`at maktablari hamda
shahar miqyosidagi bir necha umumta`lim maktablari bilan
aloqada bo'lib, o'quv yurti haqidagi ma`lumot, albomlar,
bukletlar tayyorlanib o'quvchilarga etkazib bermoqda.
Har yili aprel may oylarda kollejda Ochiq eshiklar
kuni, Musiqa xaftaligi kunlari o'tkazilib faol
ishtirok etib kelmoqda.
Pedagog kadrlarning salohiyati va sifatini oshirish
borasida tizimli ishlar tashkil etib, o'quv jarayoni
uchun dars jadvallarini qulay tuzishda hamda dars
taqsimotlarini belgilab tartibli ish tashkil etib bir
qator muvaffaqiyatlarga erishmoqda. O'qituvchilarning
malakasini oshirilishida, yillik istoqbolli ish rejalar
asosida bosqichma-bosqich o'qituvchi va jo'rnavozlarni
malaka oshirish va qayta tayyorlov kurslarida o'qib
bilim, malaka va ko'nikmalarini oshirishlarida amaliy
ko'mak berib kelmoqda.
SHuning bilan birga o'qituvchilar tomonidan o'quv
qo'llanmalar yaratilishida o'quv-uslubiy kengash orqali
o'qituvchilarga yaqindan yordam berib kelmoqda. YOsh
o'qituvchilar bilan ishlash uchun “Ustoz -shogird”
an`anasi asosida tizimli ravishda ish tashkil etishda
faol ishtirok etmoqda.
Oliy O'quv yurtlari bilan imzolangan hamkorlik
shartnomalari asosida masalan; O'zbekiston Davlat
Konservatoriyasi professor o'qituvchilarini kollejga
taklif etilib har yili fevral, mart oylarida yosh
mutaxassis o'qituvchilar bilan Usta saboq darslari
o'quv mashg'ulotlari o'tkazilishida sharoitlar yaratib
bermoqda. Bitiruvchilarning Davlat attestatsiyasini
topshirishlari uchun kerakli bo'lgan me`yoriy hujjatlari
to'plami uslubiy qo'llanmasini tayyorlab kollejda joriy
etgan.
Uning raxbarligida kollejda iste`dodli, iqtidorli
o'quvchilar bilan ishlash uchun qo'shimcha mashg'ulotlar
jadvali tashkil etilgan bo'lib, olib borilgan
tayyorgarliklar natijasida har ikki yilda bo'lib
o'tadigan Respublika yosh ijrochilar ko'rik tanlovlarida
ishtirok etib faxrli o'rinlarni egallashga muyassar
bo'lmoqdalar.
Nurdinxoja Ubaev Namangan shahrining
ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida
faol qatnashib sidqidildan mehnat qilib kelmoqda. U
o'quvchilarning ta`lim-tarbiyasiga, ularning turli
oqimlarga kirib ketmasligini oldini olishga katta
e`tibor bergan holda guruhlar bilan alohida suhbatlar
o'tkazib kelmoqda. SHaroiti og'ir o'quvchilarning
uylariga borib ota-onalari bilan ham suhbatlar olib
bormoqda.
U kamtarin va mehribon, to'g'riso'zligi, ish yuzasidan
ma`suliyatli va talabchanligi bilan o'qituvchi va
o'quvchilar orasida hurmatga sazovor bo'lgan.
Kasbiy ta`lim buyicha direktor o'rinbosari -
Toshpo'latov Akmal Abdullaxayevich
1978 yilda tug'ilgan, millati o'zbek, ma`lumoti oliy.
2002 yil O'zbekiston Davlat konservatoriyasi cholg'u
ijrochiligi “Nay” mutaxassisligiga ega.
Toshpo'latov Akmal Abdullaxayevich 2008 yildan buyon
Namangan San`at kollejida kasbiy ta`lim bo'yicha
direktor o'rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.
U o'z ustida tinimsiz ishlaydi, siyosiy,
xuquqiy-ma`naviy bilimlarini oshirib boradi. Bu borada
qat`iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. U xar ishda
tashabbuskor, to'g'ri so'z sifatida xamkasblariga va
jamoa orasida aloxida xurmatga ega.
Qabul jarayonini tashkillashtirishda viloyatdagi barcha
tuman bolalar musiqa va san`at maktablari hamda shahar
miqyosidagi bir necha umumta`lim maktablari bilan
aloqada bo'lib, o'quv yurti haqidagi ma`lumot, albomlar,
bukletlar tayyorlanib o'quvchilarga etkazib bermoqda.
Har yili may oyida Ochiq eshiklar kuni, Musiqa
xaftaligi kunlari o'tkazib bormoqda.
Kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish jarayonida
bitiruvchilarni bandligini oldindan aniqlab borish
maqsadida 3 tomonlama shartnomalarni tuzishda xamda
keyinchalik bandligini ta`minlashda samarali ish olib
bormoqda.
Oxirgi 3 yilda kollejni jami 604 nafar o'quvchilar
tamomlagan bo'lib, ulardan 78 nafari oliy o'quv
yurtlarida taxsil olmoqda. 3 tomonlama shartnomalar
asosida 396 nafar bitiruvchilar o'z kasblari bo'yicha
ish faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Raxbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida
bajaradi. Talabchan, xar bir ishga mas`uliyat bilan
yondashadi.
|